Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda suv tanqisligiga yechim sifatida sun’iy muzliklar barpo etildi

Qashqadaryoda suv tanqisligiga yechim sifatida sun’iy muzliklar barpo etildi

Shahrisabz tumanining Sarchashma mahallasida yangi innovasion texnologiyalar asosida sun’iy muzlik ob’ektlari barpo etildi.

Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sovuq mavsumda suvni muz shaklida saqlab, bahor va yoz oylarida asta-sekin eritish orqali sug‘orish va xo‘jalik ehtiyojlariga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu sun’iy muzliklar FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bajarilayotgan «O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga ta’sirini baholash dasturi» loyihasi tomonidan moliyalashtirildi.

Hozirgi kunda Sarchashma mahallasida jami 4ta sun’iy muzlik ustunlari barpo etilgan, har biri qish oylarida 450 kub metrgacha suvni yig‘ib berib, uning umrini bahor-yoz oylarida uzaytirish imkonini beradi.

Texnologiya energiya talab qilmaydi, ekologik xavfsiz va mahalliy sharoitga moslashuvchan. Kelgusida ushbu tajribani yurtimizning boshqa tog‘li hududlarida ham joriy etish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:05. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!