Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Endi PPX yoki uchastkovoy xodimi GAI vazifasini xam bajarishi mumkin

Endi PPX yoki uchastkovoy xodimi GAI vazifasini xam bajarishi mumkin

PPX xodimi yoki «uchastkovoy» YPX xodimi vazifasini ham bajarishi mumkin bo‘ladi. Yoki aksincha

Hozirda ichki ishlar tizimidagi patrul-post, yo‘l-patrul, profilaktika, tezkor-qidiruv va qo‘riqlash xizmatlari alohida-alohida ishlamoqda. Shuning uchun ham chorrahada turgan yo‘l-patrul xodimi janjallashayotgan ikki odamni ajratishni o‘z xizmat vazifasi deb hisoblamaydi. Qo‘riqlash xizmati xodimining esa binodan tashqarida taqiqlash belgisi ostida qoldirib ketilgan mashina bilan ishi yo‘q. Patrul-post mashinasida xizmat o‘tayotgan xodim svetofor ishlamayotgan chorrahadan oddiy haydovchilar qatorida befarq o‘tib ketadi.

«Ilg‘or tajribada bu tuzilmalar yagona organizm sifatida ishlaydi, polisiya «Bu mening vazifamga kiradi, bunisi kirmaydi» degan gapni aytmaydi. Har bir holatga «labbay» deb javob bergani uchun ham aholi ularni himoyachisi deb biladi», – dedi prezident.

Mutasaddilarga ichki ishlar organlarining aholi bilan bevosita ishlovchi, jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarini yangi tizimga o‘tkazish bo‘yicha farmon loyihasini kiritish topshirildi.

Kiritildi: Bugun 17:58. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!