Ular bu yerda 2019 yildan beri joylashgan edi, deb yozmoqda Reuters.
Agentlik manbalarining ma’lum qilishicha, Rossiya kuchlarini Qamishlidan olib chiqish jarayoni o‘tgan haftada boshlangan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarning bir qismi Suriyaning g‘arbida joylashgan Xmeymim aviabazasiga ko‘chirilmoqda, bir qismi esa Rossiyaga qaytarilmoqda.
Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’a 2024 yil dekabrida Bashar Asad rejimi ag‘darilgach hokimiyatga kelgan. Asad Moskvadan boshpana olgan. Ash-Shar’a 2025 yilda Putinga Damashq va Moskva o‘rtasida ilgari tuzilgan barcha kelishuvlarga rioya qilishga va’da bergan. Bu Rossiyaning Suriyadagi ikki asosiy harbiy bazasi, Xmeymim aviabazasi va Tartusdagi dengiz bazasi, Rossiya tasarrufida qolishini anglatadi.
Yanvar oyida Ash-Shar’a boshchiligidagi hukumat kuchlari mamlakat ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga intilib, Suriyaning shimoli va sharqida kurdlarning Suriya Demokratik kuchlari boshqaruvidagi hududlarni egallab oldi. 24 yanvar kuni tomonlar o‘rtasidagi sulh 15 kunga uzaytirildi.