"PSJ" markaziy hujumchisi Muhammad Sangare faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.
RMC Sport nashriga ma’lum bo‘lishicha, "shaharliklar" 18 yoshli fransiyalik hujumchi bilan 5 yillik shartnoma imzolamoqchi. Sangarening parijliklar bilan mehnat shartnomasi yakuniga yetmoqda, shu bois ingliz grandi forvardni tekinga olib ketishi mumkin.
Aytish kerakki, Sangare hisobida "PSJ" asosiy jamoasi safida birorta ham o‘yin yo‘q. Shu bilan birga, futbolchi 18 yoshgacha bo‘lgan Fransiya terma jamoasi safida ikki marta maydonga tushgan, ammo gol ura olmagan.