«Manchester Siti»ning bir nechta yetakchi futbolchisi moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha 115 ta ayblov atrofidagi noaniqliklar fonida klubdan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.
Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoaning ayrim yulduzlari yuzaga kelgan vaziyatdan norozi va klubga sanksiyalar qo‘llanadigan bo‘lsa, uning oqibatlari qanday bo‘lishidan tobora ko‘proq xavotirlanmoqda.
Avvalroq «Manchester Siti» 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Klub ehtimoliy jazo ustidan shikoyat qilishni rejalashtirmoqda.
Ehtimoliy sanksiyalar qatorida jarima, ochkolarni olib tashlash va APLdan chetlatish kabi choralar tilga olinmoqda.