Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Manchester Siti" muxlislari uchun muhim yangilikni e’lon qildi

"Manchester Siti" muxlislari uchun muhim yangilikni e’lon qildi

"Manchester Siti" jamoa o‘yinlari uchun chiptalar narxi arzonlashganini ma’lum qildi.

Keyingi mavsumda A toifasidagi o‘yinlar uchun chiptalar narxi 40 dan 60 funtgacha, B toifasi uchun 35 dan 55 funtgacha va C toifasi uchun 30 dan 50 funtgacha bo‘ladi.

18 yoshgacha bo‘lganlar uchun chiptalar narxi ikki baravar arzon bo‘ladi.

18 yoshdan 21 yoshgacha, 65 yoshdan kattalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 25 foiz chegirma amal qiladi.

"Manchester Yunayted" yoki "Liverpul"ga qarshi o‘yinlar uchun eng arzon chiptalar 43 foizga, eng qimmatlari esa 22 foizga arzonlashtirildi.

Kiritildi: 18:37 13.06.2025. O'qildi: 887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!