Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Manchester Siti" mag‘lub bo‘lgan o‘yinda Husanovning harakatlari necha ballga baholandi?

"Manchester Siti" mag‘lub bo‘lgan o‘yinda Husanovning harakatlari necha ballga baholandi?

UYEFA Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichi 7-turi doirasida "Manchester Siti" safarda "Budyo-Glimt"ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. O‘zbekistonlik himoyachining Norvegiya klubiga qarshi harakatlari bir nechta statistik nashrlar tomonidan quyidagicha baholandi:

Sofascore — 6.3 ball
Flashscore — 6.6 ball
FotMob — 6.5 ball
Whoscored — 6.6 ball

Ma’lumot uchun, "shaxarliklar" navbatdagi o‘yinni APL doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:05 21.01.2026. O'qildi: 5667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik