Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

"Manchester Siti" juda qimmatga sotib olgan futbolchisini ijaraga bermoqchi

"Manchester Siti" juda qimmatga sotib olgan futbolchisini ijaraga bermoqchi

"Nyukasl Yunayted" "Manchester Siti" futbolchisi Jek Grilishni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda. Bu haqda talkSPORT nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qarg‘alar" futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Grilishning o‘zi esa "shaharliklar" safidagi faoliyati yakunlangan deb hisoblaydi. Agar "Nyukasl" bu transfer ustida jiddiy harakat qilsa, ular "Napoli" bilan raqobat olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Grilish 2021 yildan beri "Manchester Siti"da to‘p surmoqda. O‘tgan mavsumda u jami 32 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 28 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 10:04 09.06.2025. O'qildi: 1050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!