Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

“Manchester Siti” Husanov o‘ynaydigan qanotga yangi himoyachi topdi

“Manchester Siti” Husanov o‘ynaydigan qanotga yangi himoyachi topdi

“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning o‘ng qanot himoyasiga baribir yangi ijrochi olish kerak, degan xulosaga qaytdi. Ayni paytda klub skautlar bir necha nomzodni kuzatuv ostiga olgan.

Xususan, “Brentford” ning o‘ng qanot himoyachisi Mikael Kayode ham “shaharliklar” nishonida turibdi. Manchesterliklar 21 yoshli futbolchining himoyadagi xotirjamligi va hujumga qo‘shilish mahoratidan juda katta taassurot olgan. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, italiyalik o‘yinchiga “Bavariya”, “Yuventus” va “Inter” ham qiziqish bildirmoqda. Agar qishki transfer oynasida rasmiy taklif tushsa, “Brentford” Kayode uchun 35–40 million yevro talab qiladi.

Ta’kidlanishicha, kelasi yozda himoyachining narxi yana oshib ketishi mumkin.

Joriy mavsumda Kayode barcha musobaqalarda 25 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qilmoqda.

Michael Kayode of Brentford during the Premier League match between Brentford and Sunderland at Gtech Community Stadium on January 07, 2026 in...

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!