"Manchester Siti" himoyachisi Riko Lyuis ketishi haqidagi mish-mishlar fonida jamoani tark etmoqchi emasligini aytdi.
«Men hech qachon o‘zimni boshqa klubda tasavvur qilmaganman. Har doim "Siti"da o‘ynashni xohlaganman, chunki bu mening orzumdagi klub. Men bu yerda juda baxtliman», - dedi qanot himoyachisi.
Avvalroq, "shaharliklar" uni "Nottingem Forest"ga sotish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi.