Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

«Manchester Siti» Gvardiolaning o‘rinbosariga transferlar uchun 200 million funt ajratadi

«Manchester Siti» Gvardiolaning o‘rinbosariga transferlar uchun 200 million funt ajratadi

Enso Mareska «Manchester Siti» klubida Xosep Gvardiolaning vorisiga aylanishi kerak. Agar kutilmagan biror hodisa yuz bermasa, ispaniyalik mutaxassis mavsum yakunida o‘z lavozimini tark etadi. Uning o‘rnini egallash uchun esa sobiq yordamchisi Mareska tanlangan va u bilan allaqachon dastlabki kelishuvga erishilgan.

The Sun nashrining xabariga ko‘ra, «shaharliklar» rahbariyati italiyalik mutaxassisga shu yozda amalga oshiriladigan transferlar uchun taxminan 200 million funt sterling (230 million yevrodan ortiq) mablag‘ ajratishga tayyor.

Klubning asosiy transfer nishonlari qatorida Elliot Anderson («Nottingem Forest»), Maykl Kayode («Brentford») va Eli Junior Krupi («Bornmut») kabi futbolchilar nomi tilga olinmoqda. Eslatib o‘tamiz, Enso Mareska shu yilning yanvar oyida «Chelsi» klubidan bo‘shatilgan edi, u londonliklar safida 2024 yilning yozidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.

Kiritildi: Bugun 13:31. O'qildi: 224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!