Bu haqda Bild xabar berdi.
Evropa Ittifoqi davlatlari hukumatlari va Yevroparlament vakillari AQSh sanoat tovarlari uchun bojlarni bekor qilish, shuningdek, Qo‘shma Shtatlardan keltiriladigan dengiz va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun Yevropa bozorini yanada kengroq ochish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Agar 2029 yilning 31 dekabriga qadar Yevropa kompaniyalari zarar ko‘rgani yoki yangi nomutanosibliklar yuzaga kelgani aniqlansa, avtomatik ravishda "stop-kran" (shartnomani to‘xtatish mexanizmi) ishga tushadi, deb bayonot berdi Yevroparlamentning savdo qo‘mitasi rahbari Bernd Lange.
Mazkur kelishuv YEI Kengashi va Yevroparlament tomonidan rasman tasdiqlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Tramp Yevropa Ittifoqiga ushbu masalani hal qilish uchun 4 iyulgacha muhlat bergan edi.