Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

«Manchester Siti»ga mashhur markaziy himoyachi kelishi mumkin

«Manchester Siti»ga mashhur markaziy himoyachi kelishi mumkin

Fransiyalik himoyachi Ibraima Konate katta ehtimol bilan yozda «Liverpul»ni tark etadi.

The Sun ma’lumotlariga ko‘ra, Konatega «Manchester Siti» qiziqish bildirgan. «Shaharliklar» futbolchi yangi shartnoma imzolamasa, uni erkin agent sifatida yozda transfer qilish imkoniyatlarini allaqachon o‘rganib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Konate 2021 yili «Leypsig»dan «Liverpul»ga 40 million yevroga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Joriy mavsumda fransuz himoyachi barcha turnirlarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt portali Konate narxini 50 million yevro deb baholamoqda.

Kiritildi: 23:39 13.05.2026. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!