Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

"Manchester Siti"da mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Manchester Siti"da mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda "shaharliklar" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli xorvatiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 2 ta assist muallifiga aylandi.

Gvardiolning "Manchester Siti" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 75 million yevroga baholamoqda.

15 iyul kuni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi. "Manchester Siti" "Al-Ayn," "Vidad" va "Yuventus" bilan bir guruhda o‘ynaydi.

Kiritildi: 17:07 12.06.2025. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!