Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Manchester Siti" Braziliya terma jamoasi himoyachisi bilan kelishib oldi

"Manchester Siti" Braziliya terma jamoasi himoyachisi bilan kelishib oldi

"Flamengo"ning o‘ng qanot himoyachisi Uesli faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishga tayyor.

"Shaharliklar" braziliyalik futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilayotgandi, endi esa, Coluna do Fla xabariga ko‘ra, ular futbolchi bilan kelishib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Manbaning ta’kidlashicha, 21 yoshli lateral yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida ingliz grandi safiga o‘tishga rozilik bergan.

Uesli joriy mavsum "Flamengo" safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Mart oyida futbolchi Braziliya terma jamoasida debyut qilgan.

Kiritildi: 10:39 19.05.2025. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!