Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

"Manchester Siti" "Barselona" himoyachisini nishonga oldi

"Manchester Siti" "Barselona" himoyachisini nishonga oldi

"Manchester Siti" ham "Manchester Yunayted" va "Aston Villa" kurash olib borayotgan "Barselona" futbolchisi Aleks Balde uchun kurashga qo‘shildi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, yuqorida nomlari ko‘rsatilgan klublar hali rasmiy ravishda taklif jo‘natmagan. O‘z navbatida futbolchining o‘zi ham "Barselona"dan ketmaslikni va asosiy tarkib uchun kurashishni istamoqda.

Oldinroq Baldega "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo‘layotgani aytilgandi. Hozircha "ko‘k-anorranglilar" ham qanot himoyachisini sotib yuborish variantini ko‘rib chiqmayapti.

Ushbu mavsumda ispaniyalik futbolchi barcha turnirlarda 34 o‘yinda qatnashib, 3ta samarali harakat amalga oshirdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2028 yil yoziga qadar davom etadi va aynan ushbu holat futbolchining jamoadan kutilganidan ertaroq ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 10:03. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!