Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Manchester Siti" "Arsenal" bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Husanov 1 taym o‘ynadi

"Manchester Siti" "Arsenal" bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Husanov 1 taym o‘ynadi

Angliya Premyer-ligasi 5-turida "Arsenal" "Manchester Siti"ni qabul qildi.

Bahsda "shaharliklar" 9-daqiqada Erling Xoland kiritgan yagona gol evaziga hisobni ochdi.

"Kanonirlar" vingeri Gabriel Martinelli 90+2-daqiqada mezbonlarga 1 ochko olib bergan golga mualliflik qildi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘lim boshida jarohat sabab almashtirildi.

"Siti" 7 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinda. "Arsenal" 10 ochko bilan 2-pog‘onada.

APL, 5-tur

Arsenal - Manchester Siti - 1:1

21 sentyabr, yakshanba, 20:30, «Emireyts» (London)

Gollar: Erling Xoland - 9 (0:1), Gabriel Martinelli - 90+3 (1:1).

Arsenal: Rayya, Kalafyori, Gabriel Magalyayns, Saliba, Timber (Martinelli, 80), Rays, Subimendi, Merino (Eze, 46), Trossar (Nvaneri, 84), Dyekeresh, Madueke (Saka, 46)

Manchester Siti: Donnarumma, O`Rayli (Stouns, 87), Gvardiol, Ruben Diash, Abduqodir Husanov (Mateus Nunes, 46), Rodri, Doku (Savio, 87), Reynders, Foden (Ake, 68), Bernardu Silva, Xoland (Gonsales, 76)

Ogohlantirishlar: Timber, 46 - Bernardu Silva, 36. Donnarumma, 77

Kiritildi: 22:46 21.09.2025. O'qildi: 1503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!