Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

"Manchester Siti" Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynagan uchrashuvda "Napoli"ni mag‘lub etdi

"Manchester Siti" Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynagan uchrashuvda "Napoli"ni mag‘lub etdi

"Manchester Siti" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida "Napoli"ni mag‘lub etdi - 2:0.

Ikkinchi bo‘limda Jeremi Doku va Erling Xoland bittadan gol urdi.

Mehmonlar 21-daqiqadan boshlab himoyachi Jovanni Di Lorensoning qizil kartochkasidan keyin 10 kishi bo‘lib o‘ynadi.

"Shaharliklar" tarkibida hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

"Manchester Siti" 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Xosep Gvardiola jamoasi umumiy bosqichning ikkinchi turida 1 oktyabr kuni "Monako" mehmoni bo‘ladi. "Napoli" shu kuni "Sporting"ni qabul qiladi.

Manchester Siti - Napoli - 2:0
18 sentyabr, 23:59, «Etihad»
Gollar: Xoland, 56 (1:0). Doku, 65 (2:0)

Kiritildi: Bugun 03:00. O'qildi: 719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!