Holat Britaniyaga parvoz vaqtida sodir bo‘lgan.
Bloomberg’ning xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampni Londonga olib ketayotgan Boeing 747 Nyu-York osmonida yo‘lovchi samolyot bilan to‘qnashib ketishiga sal qolgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Spirit Airlines’ga tegishli layner prezident samolyotiga juda yaqin kelib qolgan. Havfli vaziyatni havo harakati dispetcheri o‘z vaqtida payqab, ekipajga yo‘nalishni o‘zgartirish haqida ko‘rsatma bergan.
Shu tarzda ehtimoliy halokatning oldi olingan va prezident samolyoti Britaniyaga parvozini davom ettirgan.