Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Manba: Ronaldu Ispaniyaning "Almeriya" klubiga egalik qilishi mumkin

Manba: Ronaldu Ispaniyaning "Almeriya" klubiga egalik qilishi mumkin

"An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin vaqt ichida Ispaniya ikkinchi divizionining "Almeriya" klubiga egalik qilishi mumkin, deb xabar beradi Marca.

Manbaning ta’kidlashicha, klub Saudiya Arabistonining SMC Group investisiya kompaniyasi rahbari Muhammad Al-Xereyjga tegishli bo‘lib, 40 yoshli futbolchi u bilan yaxshi munosabatda. Ronaldu SMC Group aksiyalarini sotib olishi va bu orqali "Almeriya" egalaridan biriga aylanishi mumkin.

"Qizil-oqlar" 39 turda 62 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq Ronaldu Forbes talqini bo‘yicha yilning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisiga aylangani ma’lum bo‘lgandi. 2024 yil 1 maydan 2025 yil 1 maygacha portugaliyalik 275 million dollar ishlab topgan.

Kiritildi: 09:00 17.05.2025. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!