Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

«Man Siti»ning yozgi asosiy transfer maqsadi ma’lum

«Man Siti»ning yozgi asosiy transfer maqsadi ma’lum

«Manchester Siti» yozda hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

«Shaharliklar» yozdagi asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi. Ular «Nottingem Forest»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni sotib olmoqchi. «Siti» rahbariyati ushbu futbolchi bo‘yicha «o‘rmonchilar» bilan dastlabki muzokaralarni boshlash arafasida. Avvalroq, «Nottingem Forest» o‘z yetakchisini 100 million yevrodan qimmatroqqa sotishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Morgan Gibbs-Uayt joriy mavsum 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 10:57 16.04.2025. O'qildi: 1232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!