Hukumat qarori bilan O‘zbekiston fuqarolaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imi yashalgan kun uchun — BHMning 0,4 foizi yoki 980 so‘m etib belgilandi.
Yig‘im prezidentning 9 fevraldagi farmoni bilan 1 martdan boshlab joriy etilmoqda. Undan tushgan mablag‘lar ichki sayohatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan targ‘ibotga sarflanadi.
Bundan tashqari, sayohat qilishda imtiyoz va subsidiyalardan foydalanish tartibi ham tasdiqlanmoqda.
Yangi joriy etilayotgan aviaqatnovlarga chiptalar — 25 foiz arzon sotilib, ushbu chipta turoperatorlar orqali xarid qilinsa yana — 15 foiz va umumiy — 40 foiz chegirma taqdim etiladi. Turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryo‘l chiptalariga — 15 foiz, mehmonxona xizmatlariga — 10 foiz qo‘shimcha chegirmalar taqdim etiladi.
Qolaversa, 2020 yilda turizm sohasidagi tadbirkorlarga taqdim etilgan soliq imtiyozlari 2021 yil oxirigacha uzaytirildi (https://www.gazeta.uz/uz/2021/03/01/tourism/).