Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Malidagi oltin konida o‘nlab odam halok bo‘ldi

Malidagi oltin konida o‘nlab odam halok bo‘ldi

AFP agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat g‘arbidagi Kenyebe shahri yaqinida joylashgan qimmatbaxo metallarni noqonuniy qazib olish amalga oshirilgan shahtaning tashlandiq qismi qulab tushgan. Ilgari mazkur konni Xitoy kompaniyasi ekspluatasiya qilgan.

Hodisa natijasida kamida 48 kishi, jumladan, bir ayol va bola halok bo‘lgan. Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda, qurbonlar soni ortishi mumkin.

Mali Afrikada oltin ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi, biroq shu bilan birga, u dunyodagi eng kambag‘al davlatlardan biri hamdir. Mamlakatda noqonuniy qazib olish avj olgan.

Konlarda tez-tez yer ko‘chishlari va halokatlar sodir bo‘lib turadi. Bir yil oldin, xuddi shu Keneba yaqinidagi oltin konlaridan birida tunnel qulagan va 70 dan ortiq odam halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: 15:00 16.02.2025. O'qildi: 2139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!