Mali qurolli kuchlari mamlakat bo‘ylab bir nechta shaharlarda erta tongda sodir bo‘lgan bir qator terroristik hujumlardan so‘ng vaziyatni qayta nazoratga oldi.
Bu haqda Reuters agentligiga harbiy departamentga tayanib ma’lum qildi.
"Askarlar barcha hujumlarni qat’iyat bilan qaytardilar va vaziyat nazorat ostida. Sevareda yigirma terrorchi va Gaoda oltita terrorchi o‘ldirildi. Gaoda hukumat tarafdori bir jangchi o‘ldirildi va yana to‘rt kishi yaralandi", deyiladi bayonotda.
Mali harbiylari quruqlikdagi kuchlar va havo kuchlari yordamida bir nechta shaharlarni tozalashda davom etayotgani ta’kidlanmoqda.
Shanba kuni erta tongda Malidagi isyonchilar hukumat qo‘shinlari joylashgan shimoliy shahar va poytaxt Bamakoning janubidagi shaharni o‘z ichiga olgan beshta joyda hujumlar uyushtirdilar. Hujum Malining shimolidagi Anefis, Aguyelhok va Gao, Malining markazidagi Sevare va janubdagi Keniorob shaharlaridagi armiya pozisiyalariga qaratilgan, deyiladi bayonotda.
Tuareglar boshchiligidagi isyonchi guruh - Azavadni ozod qilish fronti vakili shanba kuni sodir bo‘lgan hujumlarga aloqadorligini da’vo qildi.