Malayziya aloqa va multimedia komissiyasi Telegram va uning ikkita kanali — «Edisi Siasat» va «Edisi Khas»ga zararli kontent tarqatishda ayblanib, vaqtinchalik sanksiyalar joriy qildi
Malayziya regulyatori Telegramning tizimli qoidabuzarliklariga va platformaning jamoatchilik ishonchiga putur yetkazishi va millatlararo yoki diniy ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan kontentni zudlik bilan olib tashlamasligiga ishora qiladi.
«Bu, ayniqsa, Telegram ilovalar xizmati tomonidan lisenziyalanganligini hisobga olsak, ijtimoiy media platformasiga qarshi birinchi sud jarayonidir», — deyiladi xabarda.
Avvalroq, Dog‘iston va Chechenistonda Telegram bloklangan edi.