Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Malayziya Tolibonni ayollarning kamsitilishini bas qilishga chaqirdi

Malayziya Tolibonni ayollarning kamsitilishini bas qilishga chaqirdi

Bu haqida Malayziya Bosh vaziri BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi ochilishida ta’kidladi.

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi ochilishida ta’kidlaganidek, harakatning ayollarning ta’lim olish huquqini poymol etishi nafaqat Islom dini me’yorlari va BMT Nizomiga zid, balki Afg‘oniston kelajagiga ham ta’sir qiladi.

U, shuningdek, Afg‘onistondagi og‘ir gumanitar vaziyatga, 3 yillik qurg‘oqchilik va chigirtka bosqinidan kelib chiqqan bug‘doy hosilining qisqarganiga e’tibor qaratib, mamlakati afg‘onlarga gumanitar yordam jo‘natishda davom etishiga ishontirdi.

Kiritildi: 15:14 24.09.2023. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!