Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Malavida kuchli yomg‘irlar tufayli 31 kishi halok bo‘ldi

A A A
Malavida kuchli yomg‘irlar tufayli 31 kishi halok bo‘ldi

Noyabr oyi boshida Malavida yomg‘irli mavsum boshlanganidan beri 31 kishi halok bo‘ldi, 31 413 ta uy vayron bo‘ldi, deb yozadi Sinxua.

Seshanba kuni mamlakatning Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti ma’lum qilishicha, 22 kishi chaqmoq urishi va to‘qqiz kishining bo‘ron oqibatida qulagan binolar qurboni bo‘lgan.

3 dekabr kuni agentlik 11 kishi halok bo‘lgani va 10 833 xonadon jabrlanganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarning umumiy soni ham 79 tadan 382 taga ko‘paygan.

Bu raqamlar dekabr oyi o‘rtalarida Malavidagi Chido tropik sikloni tufayli sodir bo‘lgan voqealarga taalluqli emas. O‘shanda siklon 13 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, 29 kishi jarohatlangan edi.

Kiritildi: 18:24 24.01.2025. O'qildi: 1580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!