“Sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan "Toza ko‘llar" dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (297-son, 06.05.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, "Toza qo‘llar" dasturi doirasida sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida:
sanitariya-gigiyena vositalari bilan yetarli miqdorda ta’minlanadi;
ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya-gigiyena ob’ektlari (hojatxona) infratuzilmasi yaxshilanadi, ular binoning ichki qismida joylashtiriladi;
aholi, jumladan, bolalar o‘rtasida shaxsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.
Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali ma’lumotlaridan foydalangan holda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha manzilli dastur shakllantiriladi.
Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini xalqaro tajriba asosida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyenaning "Uch yulduzli yondashuv" metodikasi asosida baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun: Prezident Farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 maydan barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida «Toza qo‘llar» dasturi amalga oshirilishi belgilangan.