Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Maksim Lisisin: «O‘n kishi bo‘lib qolganimizda ham "sochilib" ketmadik»

Maksim Lisisin: «O‘n kishi bo‘lib qolganimizda ham "sochilib" ketmadik»

Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvda O‘zbekiston Toshkentda Qirg‘izistonni kichik hisobda mag‘lub etdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Maksim Lisisin ishtirok etdi.

"O‘yindan keyin futbolchilarga jonbozlik ko‘rsatgani, ishtiyoqi, munosib o‘yin ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdim. Afsuski, mag‘lub bo‘ldik. Bu biz uchun qimmatli tajriba bo‘ldi.

Chetlatishga tayyor emasdik. Bunga qanday qilib tayyor bo‘lish ham mumkin? Chetlatishga qadar raqib bosimni oshirib borayotgandi. O‘n kishi bo‘lib qolganimizda ham "sochilib" ketmadik.

Bugun jismoniy jihatdan biz tayyor edik. O‘n kishi bo‘lib ham oxirigacha chidab o‘ynab bera oldik va raqib taklif qilgan bosimga dosh berdik.

Muammo shundaki, futbolchilar o‘z klublari safida turli holatda kelmoqda. Biz esa balansni yuzaga keltirishga harakat qildik.

Bugun bizga hujumni keskinlashtiradigan vaziyatlar yetishmadi. Bunga O‘zbekistonning saviyasi ham bizga ta’sir ko‘rsatdi.

Davrozabonimiz yaxshi o‘ynadi. U o‘z klubi safida ham yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Keyingi o‘yinlarda esa futbolchilarning ahvolidan kelib chiqib taktika tanlaymiz.

Guruhda qiyin ahvolga tushib qoldik. Kojo Joelni esa keyingi o‘yinga saqlash maqsadida ertaroq zaxiraga oldim", — dedi Lisisin.

Kiritildi: 02:07 21.03.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!