Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Makronning Rossiya bilan muloqot taklifi Fransiya–Germaniya munosabatlarini sovutdi

Makronning Rossiya bilan muloqot taklifi Fransiya–Germaniya munosabatlarini sovutdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Rossiya bilan muloqotni qayta tiklash taklifi Parij va Berlin o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi. Bu haqda Germaniyaning Der Spiegel nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Germaniya hukumati bu masalada kelishmovchiliklarni omma oldiga chiqarmaslikni afzal ko‘rmoqda. Makronning Rossiya prezidenti bilan ehtimoliy muzokaralari haqidagi savollarga Berlin rasmiylari qisqa va umumiy javoblar bilan cheklanmoqda.

Nashrga ko‘ra, Makronning tashabbusi Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan kelishilmagan. Shu bois, ochiq tortishuvdan qochish uchun kansler bu masalani e’tiborsiz qoldirishga majbur.

Shu bilan birga, maqolada ta’kidlanishicha, hozirga qadar Makron va Vladimir Putin o‘rtasida Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha telefon muloqoti bo‘lmagan, muhokamalar esa faqat “o‘zaro signallar” darajasida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Financial Times Makronni Germaniya kanslerini “xiyonat qilish”da ayblagan edi. Nashr Fransiyani Berlinning Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Kiyevni moliyalashtirish uchun ishlatish rejasini rad etgani va qaror qabul qilishdagi “sekinlik” uchun tanqid qilgan.

Kiritildi: Bugun 13:59. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!