Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa davlatlari rahbarlari va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Rossiya-Ukraina mojarosini tartibga solish masalasini muhokama qildi.
Makron bu haqda "X" ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy va Yevropaning bir qancha yetakchilari bilan so‘nggi soatlardagi voqealar munosabati bilan suhbat uzoq davom etgan. U, shuningdek, Fransiya Ukrainani o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini o‘rnatishda qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor ta’kidladi.
14 iyul kuni Tramp Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishish uchun 50 kun vaqt berayotganini, shundan so‘ng Moskva va uning savdo hamkorlariga qarshi 100 foizlik savdo bojlarini joriy etish niyatida ekanini aytdi. 29 iyul kuni Amerika rahbari bu muddatni 10 kunga qisqartirish haqida bayonot berdi.