Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Makron rafiqasi bilan JCH-2026 oldidan Fransiya terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi

Makron rafiqasi bilan JCH-2026 oldidan Fransiya terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron milliy terma jamoa o‘yinchilari oldiga bordi.

Uchrashuv Fransiya terma jamoasining Klerfontendagi mashg‘ulot bazasida bo‘lib o‘tdi. Makronga rafiqasi Brijit hamrohlik qildi. Prezident futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan suhbatlashdi, so‘ngra ular bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushdi.

Makron rafiqasi bilan JCH-2026 oldidan Fransiya terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi

Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati ishtirokchilari orasida eng qimmatbaho jamoalar reytingida yetakchilik qilmoqda. Jamoa Meksika, AQSh va Kanadada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Guruh bosqichida Fransiya Norvegiya, Iroq va Senegal terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!