Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Isroil haqidagi so‘zlariga qaraganda, Parij Falastinning HAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi yahudiy davlati bosh vaziri Binyamin Netanyaxu. Uning so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirmoqda.
Isroil hukumati rahbari, shuningdek, Tel-Aviv o‘z maqsadlariga erishishda davom etishini qo‘shimcha qildi: garovga olinganlarni ozod qilish, HAMASni yo‘q qilish va G‘azo sektorida Isroilga tahdidlarni bartaraf etish.
Bir kun avval Makron Netanyaxuni Isroil G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berishni to‘sib qo‘ygani sababli "sharmandali xatti-harakat"da ayblagan edi. Bloomberg xabariga ko‘ra, u Tel-Avivning harakatlarini nomaqbul deb atadi va Yevropa Ittifoqini Isroil tomoniga nisbatan pozisiyasini kuchaytirishga chaqirdi.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G‘azodagi gumanitar vaziyat yaxshilanmasa, Yevropa Ittifoqi Isroil bilan hamkorlik kelishuvlarini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini aytgandi.
Parijda nutq so‘zlagan Makron Isroil hukumatining harakatlarini "sharmandali" deb atadi va uni gumanitar yordam yetkazib berishni to‘sib qo‘yganlikda aybladi. Shu bilan birga, u bosh vazir Binyamin Netanyaxuni shaxsan tanqid qilganini tan oldi, biroq Isroilni qo‘llab-quvvatlashda Vashington asosiy rol o‘ynashini ta’kidladi.