Fransiyadagi siyosiy inqiroz uchun to‘liq javobgarlik muxolifat o‘z zimmasiga oladi, deb ta’kidladi prezident Emmanuel Makron, deb xabar beradi “TASS”.
«Bu tartibsizlik uchun Bayruga ishonchsizlik votumi qaror qilgan va Lekornuni beqarorlashtirishda rol o‘ynagan siyosiy kuchlar to‘liq javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar», — dedi u.
Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z navbatida uzluksizlik va barqarorlikni ta’minlaydi va bundan keyin ham shunday qiladi.