Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Makron Fransiyada zo‘ravonlikka o‘rin yo‘qligini aytib, buni amalga oshirganlar jazolanishini ta’kidladi

Makron Fransiyada zo‘ravonlikka o‘rin yo‘qligini aytib, buni amalga oshirganlar jazolanishini ta’kidladi


"Respublikamizda zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q. Atrofdagi hamma narsani vayron qilgan, davlatvidoralari va do‘konlarga hujum qilgan, hatto meriya binolarini talon-toroj qilganlar javobgarlikka tortiladi va jazolanadi", — deya namoyishlarga munosabat bildirdi Fransiya prezidenti o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.

Emmnuel Makron huquq-tartibot idoralari xodimlarini butun millat nomidan qo‘llab-quvvatlashini taʻkidladi.

"Biz faqat davlat institutlarini vayron qilishga intilayotgan va o‘z talablarini tinch yo‘l bilan bildirayotganlarga to‘sqinlik qilayotgan tartibsizlik urug‘ini sochuvchilarga qarshi birlashamiz", — deya qo‘shimcha qildi u.

Fransiya bosh vaziri Sebastyan Lekornyu mamlakatdagi ommaviy tartibsizliklar fonida idoralararo inqiroz shtabini chaqirdi. Shtab faoliyatida adliya vaziri Jerald Darmanen va ichki ishlar vaziri Loran Nunes ham ishtirok etmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:32. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!