Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Makron Yevropa rahbarlarini Trampning Ukraina bo‘yicha harakatlarini muhokama qilish uchun Parijga favqulodda sammitga chaqirdi

Makron Yevropa rahbarlarini Trampning Ukraina bo‘yicha harakatlarini muhokama qilish uchun Parijga favqulodda sammitga chaqirdi

Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Myunxen konferensiyasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Yevropa yetakchilari AQSh tomonidan ilgari surilgan jiddiy muammolarni chuqur muhokama qiladi.

"Prezident Trampda ruslar "jangovar razvedka" deb ataydigan ish uslubi bor – u bosim o‘tkazadi va natijani ko‘rib, o‘z pozisiyasini o‘zgartiradi. Biz esa bunga javob berishimiz kerak", — deya qo‘shimcha qildi Polsha tashqi ishlar vaziri.

Hozircha sammitga Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari yetakchilari taklif qilingani yoki faqatgina muayyan davlatlar vakillari ishtirok etishi noma’lum. Buyuk Britaniya bosh vaziri Keyr Starmer ham sammitga taklif qilingan.

Kiritildi: 15:30 16.02.2025. O'qildi: 1607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!