Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Makron Afrikaga 23 milliard yevrolik investisiya ajratilishini e’lon qildi

Makron Afrikaga 23 milliard yevrolik investisiya ajratilishini e’lon qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Macron Keniyada bo‘lib o‘tayotgan Africa Forward sammitida Afrika uchun 23 milliard yevrolik investisiya dasturini e’lon qildi.

Mazkur mablag‘lar asosan “yashil” energetika, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, dengiz iqtisodiyoti hamda qishloq xo‘jaligi sohalariga yo‘naltiriladi.

Ikki kun davom etadigan sammit Nairobi shahrida o‘tkazilmoqda va Fransiyaning Afrika bilan hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish maqsadini ko‘zlaydi.

Kiritildi: 21:46 11.05.2026. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!