Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiyaliklar tejamkorlik rejimiga o‘tdi

Rossiyaliklar tejamkorlik rejimiga o‘tdi

Rossiyada aholi daromadlari o‘sishi keskin sekinlashdi. Kreditlar juda qimmatlashgani sababli, odamlar pul sarflash o‘rniga uni yuqori foizli omonatlarda saqlashni afzal ko‘rmoqda.

Bu sharoitda rossiyaliklar xarajatlarni ommaviy ravishda qisqartirishni boshladi. Avvaliga texnika va elektronika xarididan tejalgan bo‘lsa, endilikda oziq-ovqat mahsulotlaridan ham iqtisod qilish kuchaymoqda.

Yirik oziq-ovqat tarmoqlari savdosi sekinlashayotgan bir paytda, arzon narxli diskaunter do‘konlari tez sur’atlarda o‘sishda davom etmoqda.

Hozir Rossiyada oilalar daromadining taxminan 39 foizi oziq-ovqatga sarflanmoqda. Bu 2008 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Taqqoslash uchun, Yevropa Ittifoqi davlatlarida aholi daromadining o‘rtacha 14 foizi oziq-ovqatga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 21:48 08.05.2026. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!