Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Makkada jazirama tufayli halok bo‘lganlar soni mingdan oshdi

Makkada jazirama tufayli halok bo‘lganlar soni mingdan oshdi

Haj ziyoratida haddan ziyod issiq ob-havo sharoiti tufayli qurbonlar soni oshib bormoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Makkada Haj vaqtida halok bo‘lgan ziyoratchilar soni ming kishidan oshgan. Bu haqda AFP xabar berdi.

O‘lganlar sonining ko‘payishiga havo haroratining 50 darajadan oshib ketgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, minglab insonlar Haj ziyoratiga kiruvchi Arofat tog‘ida turganida quyosh urishi qurboni bo‘lgan. Ko‘pchilik shifoxonaga yotqizilgan.

Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi ziyoratchilarga quyosh ta’siri ostida qolmaslikni, ko‘p miqdorda suv ichishni va havo haroratining eng yuqori cho‘qqilarida imkon qadar pana joylarda bo‘lishni tavsiya qilgan.

Xabarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida misrliklar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shuningdek, Tunis, Iordaniya, Eron, Senegal, Indoneziya va boshqa mamlakatlar fuqarolari bor.

Bu yil butun dunyodan 1 million 800 mingdan ortiq ziyoratchi Makkaga Haj ziyorati uchun borgan. O‘tgan yili iyun oyi oxiridagi Haj ziyorati chog‘ida jazirama va tashnalik tufayli kamida 240 kishi halok bo‘lgan edi.

Saudiya Arabistonidagi g‘ayritabiiy yuqori harorat global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liqligi ta’kidlanmoqda. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Makkada o‘rtacha harorat har o‘n yilda muntazam ravishda 0,4 darajaga ko‘tarilib boryapti.

Kiritildi: 20:32 20.06.2024. O'qildi: 1836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!