Makkada Qur’on ma’nolarining turli tillarga tarjima qilingan 120 ming nusxasi haj uchun kelgan ziyoratchilarga tarqatiladi.
“IslamToday” nashrining xabar berishicha, Saudiya Arabistonining Islomiy ishlar vazirligi ana shunday tashabbus bilan chiqqan. Vazirlik rahbari Abdullati Abdulaziz al-Shayx Qur’oni karim nursaxalari Arafot tog‘ida, shuningdek, Muzdalifa va Minoda tarqatilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi haj mavsumi 9-14 avgust kunlariga to‘g‘ri keladi.