Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligi oshiriladi

Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligi oshiriladi

“Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini
oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-190-son, 23.05.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, raqamli markirovkalangan mahsulotlarning harakat zanjirini to‘liq kuzatib borish orqali yashirin ishlab chiqarish va kontrafakt mahsulotlar muomalasiga chek qo‘yish asosiy maqsad etib belgilandi.

⛔️ Tadbirkorlar tomonidan olingan markirovka kodlarini mahsulotlarga qo‘llash uchun belgilangan 90 kalendar kunlik muddat bekor qilinadi.

💸 Markirovka kodlari mahsulotga bevosita qo‘llangandan keyin ular uchun to‘lov amalga oshiriladi.

✔️ Shuningdek, raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregasiyalashda qo‘llanadigan markirovka kodlari Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori (Operator) tomonidan bepul taqdim etiladi

❇️ Tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida Operator tomonidan tunu kun ishlaydigan “Call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

📝 Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan:

🔹 import qiluvchi tashkilot tomonidan O‘zbekiston hududiga olib kirilgan dori vositalarini ularning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki uning rasmiy dilerlari orqali realizasiya qilish elektron hisobvaraq-faktura asosida amalga oshiriladi;

🔹 raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ulgurji sotish faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.

Kiritildi: 10:17 26.05.2025. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!