Xabaringiz bor, hozirda “Tashabbusli byudjet” jarayonining joriy yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi davom etmoqda.
📱 Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz berish holatlari yuzasidan xabarlar tarqaldi. Mazkur holatlar tegishli vakolatli organlar tomonidan o‘rganilib, haqiqatan ham ushbu maktabda xodimlar majburiy ovoz berishga jalb etilgani tasdiqlangan.
❌ Shu munosabat bilan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur maktabda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yuzasidan tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborildi.
📞 Eslatib o‘tamiz, “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida majburiy ovoz berishga jalb etish — majburiy mehnat sifatida tasniflanishi belgilangan. Agar Siz ovoz to‘plashga majburlash holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.
O‘z ovozingizni qadrlang, uni faqat o‘zingiz munosib deb bilgan loyihaga bering!