O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Azamat Sodikovich Ishonkulov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bungacha ushbu lavozimda Ayubxon Alimov faoliyat yuritgandi.
A.Ishonkulov 1979 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ish faoliyatini 2005 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol tabiatni muhofaza qilish prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi vazifasida boshlagan.
2012-2017 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi organlarida turli lavozimlarda davom ettirgan.
Jumladan, Xo‘jayli tuman prokurori lavozimida ham ish olib borgan.
Byuro organlarida ish faoliyatini 2017 yilda boshqarma bosh inspektori sifatida boshlagan, so‘ngra boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovga qadar, A.Ishonkulov Byuroning bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.