Chexiyaning Praga shahrida MMA bo‘yicha Oktagon 72 turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda hamyurtimiz Mahmud Muradov oktagonga ko‘tarildi. Mezbonlar vakili Patrik Kinslga qarshi kechgan jang yakunida Murodov o‘rta vazn toifasida Oktagon Interim kamarini qo‘lga kiritdi.
Jang to‘liq davom etdi va bahsda Mahmud ustunlikka erishdi. Yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra sportchimizning g‘alabasi qayd etildi.
Shu tariqa, Murodov o‘rta vazn toifasida Oktagon promoushenining vaqtinchalik chempioni bo‘ldi.