Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi oshiriladi

A A A
Mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi oshiriladi

20 yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

“Afrosiyob” yuqori tezlikdagi elektr poyezdlariga chiptalar narxi quyidagicha etib belgilandi:

Toshkent — Buxoro Toshkent

• VIP — 636 ming so‘m;
• Biznes — 462 ming so‘m;
• Ekonom — 336 ming so‘m.

Toshkent — Qarshi Toshkent

• VIP 534 ming so‘m;
• Biznes 390 ming so‘m;
• Ekonom 282 ming so‘m.

Toshkent — Samarqand Toshkent

• VIP 396 ming so‘m;
• Biznes 276 ming so‘m;
• Ekonom 204 ming so‘m.

Qayd etilishicha, narxlar temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi — yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsadida oshirilmoqda.

Kiritildi: 10:59 05.01.2024. O'qildi: 2203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!