Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantiriladi

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantiriladi

Prezident Farmoni (PF-98-son, 23.06.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.

🔰 Konsepsiyaga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

🔹 Mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, byudjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish;

🔹 aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni “mahalla yettiligi” – tuman (shahar) Kengashi –viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytirish

🔹 Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash;

🔹 Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish

🔹 Mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy-institusional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash;

🔹 Mahalliy Kengashlar faoliyatida o‘zaro va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

🔹 Mahalliy Kengashlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron platformasini takomillashtirish.

Kiritildi: 12:34 25.06.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!