Ayrim hududlarining kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarida tashkiliy-shtat tuzilmasi asosida mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda beshtagacha mahallani mikrohududlarga birlashtirgan holda jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tezkor harakatlanish tizimi joriy etiladi.
Bunda, mahalla huquq-tartibot maskani tashkiliy-shtat tuzilmasiga, qoida tariqasida, quyidagilarni doimiy ravishda xizmat olib borishi tashkil etiladi:
mikrohududga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika (katta, kichik) inspektorlari;
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha, probasiya, yo‘l harakati xavfsizligi va patrul-post xizmatlari inspektorlari hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimi;
Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalarining naryadlari.