Vashington va Tehron o‘rtasida Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar shu dam olish kunlari Islomobodda (Pokiston) bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda MAGATE bosh direktori Rafael Grossi ma’lum qildi.
«Menimcha, muzokaralar shu dam olish kunlari Pokistonning Islomobod shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin», — dedi u "Corriere della Sera" gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda nafaqat yadro energetikasi masalalari, balki boshqa mavzular, jumladan, Eron uchun xavfsizlik kafolatlari ham muhokama qilinadi.