Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron Hormuz bo‘g‘ozida SELEN konteyner kemasini qaytarib yubordi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida SELEN konteyner kemasini qaytarib yubordi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Hormuz bo‘g‘ozida SELEN konteyner kemasini o‘tishga ruxsat yo‘qligi sababli qaytarib yubordi.

Bu haqda IIQK dengiz floti boshlig‘i Ali Rizo Tangsiri ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

"SELEN konteyner kemasi IIQK dengiz floti tomonidan qonuniy protokollarga rioya qilmaslik va Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga ruxsat yo‘qligi sababli qaytarib yuborildi", deb yozgan u.

Ushbu suv yo‘li orqali har qanday kemaning o‘tishi Eron rasmiylari bilan to‘liq muvofiqlashtirishni talab qiladi, deb ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi harbiy operasiyani boshlab, bir nechta shaharlarga havo hujumlarini uyushtirdi. Bunga javoban Eron Isroil hududiga raketalar otdi va Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy bazalariga hujum qildi. Bir nechta mintaqaviy davlatlar bunga javoban o‘z havo maydonlarini vaqtincha yopib qo‘ydi. O‘sha kuni Eronning oliy rahbari Ali Xomanay havo hujumlarida halok bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 08:20. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!