Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Maduroning rafiqasi Siliya Flores AQSh harbiylari tomonidan o‘g‘irlanish vaqtida jarohat oldimi?

Maduroning rafiqasi Siliya Flores AQSh harbiylari tomonidan o‘g‘irlanish vaqtida jarohat oldimi?

Maduroning advokati ayblanuvchining sog‘lig‘ida e’tibor talab qiladigan darajadagi muammolar borligini ma’lum qildi, deb yozmoqda CNN.

Uni rafiqasining himoyachisi esa Siliya Flores AQSh harbiylari tomonidan o‘g‘irlanish vaqtida jarohat olganini, uning qovurg‘alari shikastlanganini bildirdi.

CNNning ta’kidlashicha, Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores sud zalini AQSh xizmatlari nazorati ostida tark etgan.

Telekanalning xabar berishicha, birinchi sud majlisi atigi yarim soat davom etdi, keyingi majlis 17 martga belgilangan.

Shu bilan birga, Maduro ustidan sud jarayoni 2027 yildan oldin boshlanmasligi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg. Bugungi yig‘ilishda faqat dalillar almashinuvi va dastlabki iltimosnomalar jadvali tasdiqlandi.

Kiritildi: 23:19 05.01.2026. O'qildi: 1424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!